Qurilish doʻkonida hisob qanday yuritiladi
Qurilish doʻkonida minglab pozitsiya boʻladi va ularning yarmi dona bilan sotilmaydi: sement qop bilan, kabel metr bilan, kafel kvadrat metr bilan, boʻyoq litr bilan. Refresh da har bir pozitsiyaning oʻz oʻlchov birligi bor va qoldiq oʻsha birlikda hisoblanadi.
Bunday assortimentni qoʻlda kiritish mantiqsiz. Katalog Excel jadvalidan yuklanadi, narxlar esa ommaviy yangilanadi. Qidiruv nom, artikul va shtrix-kod boʻyicha ishlaydi.